MSMY SERVICE

Telefon, noutbuk va texnika ta'miri ustaxonalari uchun

Qog'oz talon o'rniga — butun ustaxona telefoningizda.

Qurilmani bir daqiqada qabul qiling, chek bering, ta'mir qayerdaligini bir qarashda ko'ring. Tayyor bo'lganda mijozga xabar o'zi boradi.

Karta kerak emas. Telefon raqamingiz bilan bir daqiqada ochiladi.

Peshtaxtada nima o'zgaradi

  • Qabul

    Daftarga yozasiz, qog'oz talon yo'qoladi.

    Telefon raqamini yozasiz: eski mijoz o'zi topiladi, chek chiqadi yoki Telegramga ketadi.

  • «Tayyormi?»

    Mijoz kuniga necha marta qo'ng'iroq qiladi.

    Tayyor bo'lganda mijozga Telegram yoki SMS o'zi boradi, holatini havoladan ko'radi.

  • Javondagi qurilmalar

    Olib ketilmagan telefonlar oylab yotadi.

    Lineyka har qurilma necha kundan beri turganini ko'rsatadi, 5 kundan oshsa sariq yonadi.

  • Qarz

    Kim qancha qarzligi xotirada qoladi.

    «Qarzga berilgan» alohida ro'yxatda, mijoz bo'yicha PDF bilan.

  • Kassa

    Kun oxirida pulni sanab, daftarni solishtirasiz.

    Tushum, xarajat va foyda hisobotda; har kuni 20:00 da Telegramingizga keladi.

  • Xodimlar

    Kim nima qilgani noma'lum.

    Har bir usta o'z loginida ishlaydi, har bir amal tarixda yoziladi.

Bitta qurilmaning yo'li

Har bir holatning o'z rangi bor — ilovada ham, lineykada ham shu ranglar.

  1. 1-qadam

    Qabul

    Mijoz, qurilma, nosozlik va narx. Chek QR kodi bilan.

  2. 2-qadam

    Ta'mir

    Zapchast qaysi do'kondan, qanchaga olingani buyurtmaga yoziladi.

  3. 3-qadam

    Tayyor

    Bir tugma: mijozga xabar ketadi.

  4. 4-qadam

    Berildi

    To'lov (to'liq yoki qarzga) va kafolat muddati.

Narxlar

Ko'p so'raladi

Kompyuter kerakmi?+

Yo'q, telefonning o'zi yetadi. Kompyuter yoki planshetda ham ishlaydi, hammasi bir xil ma'lumot bilan.

Chek printeri kerakmi?+

Bo'lsa, 58 yoki 80 mm termoprinterga chiqaradi. Bo'lmasa, chekni rasm qilib mijozning Telegramiga yuborasiz.

Sinov muddati tugagach nima bo‘ladi?+

Tarifni o'zingiz tanlaysiz. Tanlamasangiz, ma'lumotlar o'chmaydi: bir necha kundan keyin faqat ko'rish rejimiga o'tadi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?+

Har bir ustaxona faqat o'z ma'lumotini ko'radi. Har kuni zaxira nusxa olinadi.

Birinchi qurilmani bugunoq qabul qiling.